35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X.Suvonov, D.Egamqulova hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan A.Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida xonadonma-xonadon yurilib, hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ayrim xonadonlarda obodonlashtirish va sanitariya talablariga to‘liq rioya etilmayotgani, hovli hamda ko‘cha oldi hududlarida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda xonadon va ko‘cha oldi hududlarini ozoda saqlash, sanitariya qoidalariga amal qilish hamda obod va namunali mahalla barpo etishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 5