35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
#deputat_so'rovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O. Sherov tomonidan “Dalmunobod” mahallasi saylovchilarining murojaati asosida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Murojaatda Jondor tumani 3-son texnikumi hududida maktab o‘quvchilari hamda talabalar qatnovi keskin ko‘paygani, bu esa mazkur yo‘lda harakat xavfsizligini kuchaytirishni talab etayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan texnikum yaqinidagi yo‘l qismiga ko‘chma svetafor hamda piyodalar o‘tish joyi yo‘l belgilari o‘rnatish zarurligi bildirildi.
✔️Mazkur masalani ijobiy hal etish va fuqarolar, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida deputat O. Sherov tomonidan Jondor tumani IIB boshlig‘i A. Nosirov nomiga deputat so‘rovi yuborilib, amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
✔️Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda yo‘l harakati xavfsizligini yanada mustahkamlash kutilmoqda.

Slide 1 of 2