35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI XUSUSIY BOG‘CHA FAOLIYATI BILAN TANISHDI

XALQ DEPUTATLARI UZUN TUMANI KENGASHI DEPUTATLARI XUSUSIY BOG‘CHA FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda deputatlar M.Mamurjonova va D.Abdunazarovalar tumandagi "Guliston" MFYda joylashgan "Solihabonu" xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida deputatlar bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda mashg‘ulot xonalarining jihozlanish holatiga alohida e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, muassasa rahbarlari va tarbiyachilar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘zaro fikr va takliflar almashinildi.