35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
янв.21
QONUNNI BILING!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasida kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Termiz shahar hokimligi ijro apparati rahbari Qahramon Xolmatov tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni ijrosi hamda 2026-yil I yarim yilligida ijro intizomini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

✅ Joriy yil boshidan hokimlikka 7 039 ta xizmat hujjati kelib tushgan bo‘lib, ularning 6 716 tasi belgilangan muddatlarda ijro etilgan.
✅ Fuqarolardan 1 521 ta murojaat kelib tushib, ularda 1 539 ta masala ko‘tarilgan. Murojaatlarning asosiy qismi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.

✅ "Aqlli shahar" axborot tizimi orqali kommunal sohaga oid 137 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan.

✅ "Xalq nazorati" platformasi orqali yil boshidan 347 ta murojaat qabul qilingan. Ularning asosiy qismi elektr ta'minoti, yo‘l infratuzilmasi, chiqindi xizmatlari va suv ta'minoti bilan bog‘liq masalalarni tashkil etmoqda.

🗣 Hisobotda ijro intizomini buzgan mas'ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgani, qolaversa, topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani ta'kidlandi.

📌 Sessiyada mazkur hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan muhokamalar olib borilmoqda.