35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
📍 Obodlik ishlari — joylarda nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

🏘 Tashriflar davomida kanallar atrofi, ichki ko‘chalar va asosiy yo‘llarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilmoqda.

🤝 Shu bilan birga, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahallani obodlashtirish, hududni yanada fayzli maskanga aylantirish hamda o‘zaro ko‘mak va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬 Fuqarolarga obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, mahalla hayotiga daxldorlik hissi bilan yondashish va umumiy sa’y-harakatlarda faol bo‘lish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🌿 Mahalla obodligi — joylardagi amaliy ishlar va aholi faolligi bilan ta’minlanadi.

Slide 1 of 3