35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Kompyuter tomografiyasi bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Kompyuter tomografiyasi bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markazning Kompyuter tomografiyasi bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xususan, bo‘limda o‘rnatilgan zamonaviy diagnostika uskunalarining texnik holati, bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazish jarayonlari, tibbiy xizmatlarni tashkil etish hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kompyuter tomografiyasi tekshiruvlarini tashkil etish, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish hamda diagnostika xizmatlari sifatini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida zamonaviy diagnostika uskunalaridan samarali foydalanish, tekshiruvlarning sifati va tezkorligini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4