35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
AHOLI BILAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va hududdagi mavjud muammolari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur sayyor qabul deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, hududdagi ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

✅ Yunusobod tumanida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlarni joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2