35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Nurli kelajak” MFYda ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandi.

🏠 O‘rganish ishlari fuqaro D.Xojabayeva xonadonidan boshlandi. Tashrif davomida ijtimoiy xodim ko‘magida fuqaroga bolalar nafaqasi tayinlash, yuridik xizmatlardan foydalanish hamda jarrohlik amaliyoti uchun 20 mln 600 ming so‘m miqdorida moliyaviy yordam olish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi.

🔍 O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

🤝 Bu kabi o‘rganishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2