35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Kengash_faoliyati

🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI

#24_ta_masala

“Chinor” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati joyida tahlil qilindi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati tomonidan hududlarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Chinor" mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tarkibidagi mas’ul xodimlar faoliyatini joyida tahlil qildilar.

Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan tizimli choralar va ularning samaradorligi;

O‘rganish davomida, avvalo, hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham o‘rganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda manzilli ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish holati yuzasidan hujjatlar va amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishning navbatdagi yo‘nalishi sifatida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mavjud hujjatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Mahalliy Kengash deputatlari va “Mahalla yettiligi” o‘rtasidagi yaqin hamkorlik hududlarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, manzilli yechimlar ishlab chiqish hamda davlat dasturlarining ijrosini samarali tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4