35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
#Deputat faoilayati

⚖️ Nurafshon shahar Kengashi deputati A.Tursunbayev N.Niyozov hamda #Madad NNT hamkorligida aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Hamkorlik doirasida quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, xotin-qizlar va yoshlarga kundalik hayotda uchraydigan huquqiy muammolar (uy-joy, nafaqa, mehnat munosabatlari) bo‘yicha bepul maslahatlar berish;
🔹Mahallalarda yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
🔹"Madad" NNTning maslahat byurolari orqali fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularga yuridik yechim topishda ko‘maklashish.

Tadbirlar davomida deputatlik nazorati va nodavlat sektorning imkoniyatlarini birlashtirgan holda, hududda ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev

Slide 1 of 4