Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A. Avliyakulov hamda mutaxassislar T. Murodov va K. Abdullayevalar ishtirokida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar va ish reja ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida deputatlar faoliyati, Kengashga oid tashkiliy masalalar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyati hamda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar tahlil qilindi. Shuningdek, belgilangan vazifalarning bajarilish holati ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yakunda hafta davomida belgilangan vazifalar belgilab olinib, deputatlar va mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.