Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri A. Avliyakulov hamda deputatlar A. Abdullayev va T. Berdiyarovalar Amir Temur mahallasi hududida “Open budget” loyihasi doirasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari holatini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida hududda bajarilgan yo‘l qurilish va asfalt yotqizish ishlari sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar olib borilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan o‘rganilgan masalalar mutaxassislar ishtirokida qayta ko‘rib chiqilishi va batafsil tahlil qilinishi belgilab olindi. Bu jarayon ishlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi