Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov tomonidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi doimiy komissiyalari hujjatlarining yuritilishi, xususan, doimiy komissiya qarorlarini Nizomda tavsiya etilgan namunaga muvofiq rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, tuman Kengashi deputatlarining o‘zlari saylangan saylov okruglarida olib borayotgan faoliyati, sessiyalar oldidan aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish, hududlardagi muammolarni aniqlash hamda saylovchilarga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berish holati ham tahlil qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha Kengash kotibiyati xodimlari bilan amaliy muloqot o‘tkazilib, ish faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar yuritish sifatini oshirish hamda deputatlik faoliyatini namunali tashkil etishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.