Deputatning sayyor qabuli fuqarolar manfaatlariga xizmat qilmoqda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati A. Erkinov Sherobod mahallasida navbatdagi sayyor fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida mahalla yettiligi a’zolari hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha muhokama qilindi. Aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.