Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi savdo shoxobchalari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat R. Shamanov Qoʻngʻirot mahallasida oʻzini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada shahar hayoti va rivoji uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilindi.
🗞Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1-masala, Shahar hokimining yoshlar siyosati ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining o‘z faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

2-masala, Shaharda yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

3-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmon ijrosi yuzasidan shahar Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti to‘g‘risida;

4-masala, 2026-yilda Shirin shahrining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi bo‘yicha I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

5-masala. Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Slide 1 of 3