Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi — e’tibor markazida
янв.21
3-Nurafshon saylov okrugida deputatlar tomonidan hududdagi mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Termiz davlat pedagogika institutida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Nurafshon mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUNI
янв.21
3-Nurafshon saylov okrugida 6-DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni muborak bo‘lsin!
янв.21
M.Eshtemirov mahallasi infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi: Muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
янв.21
M.Eshtemirov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Aholi salomatligi — e’tibor markazida

Aholi salomatligi — e’tibor markazida

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mahallalarda “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Termiz tumanida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish hamda tibbiy-profilaktik xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari G.Baxromova va R.Shamanov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan 110 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga malakali tibbiy maslahatlar berildi. Shuningdek, bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bu kabi amaliy tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3