9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni muborak bo‘lsin!
Tariximiz sirlarini asrab, o‘tmish va kelajak o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib kelayotgan barcha arxiv sohasi xodimlari hamda faxriylarini bugungi kasb bayramlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Milliy merosimiz va bebaho hujjatlarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish yo‘lidagi mas’uliyatli va fidokorona mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Siyosat va hayot yo‘lingizda hamisha zafarlar yor bo‘lsin!
Sog‘lik, oilaviy baxt va xonadoningizga qut-baraka tilaymiz!