Mazkur nufuzli tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Gulbahor Rahmonova ham ishtirok etdi.
Anjuman davomida ekologiya, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, innovatsion texnologiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda zamonaviy yechimlar namoyish etildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ekologik hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va ekologik muammolarni birgalikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida taqdim etilgan loyihalar va tashabbuslar hududlarning ekologik barqarorligini ta’minlash, yashil makonlarni kengaytirish hamda aholi turmush sifatini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Bunday xalqaro anjumanlar tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.