Talabalar turar joyidagi sharoitlar deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
Unda Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda deputatlar Sh. Norsayev va K. Abdullayeva ishtirok etib, talabalar uchun yaratilgan yashash va ta’lim olish sharoitlari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdilar.
O‘rganish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ular uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda.