Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Termiz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi birinchi o‘rinbosari O‘.Ishmatov hamda Termiz tumani soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Maftuna Elturayevnaning hisobotlari tinglandi.
Hisobotlarda mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, soliq tushumlarini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy islohotlarning hududlarda amalga oshirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va tavsiyalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.