Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi savdo shoxobchalari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat R. Shamanov Qoʻngʻirot mahallasida oʻzini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Mustaqillik mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oralig‘ida bo‘sh turgan hududlar bosqichma-bosqich yashil maydonlarga aylantirilmoqda.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar ushbu hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida ekilgan ko‘chatlarning holati, sug‘orish tizimi va aholining hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi. Avvallari foydalanilmay kelgan maydonlarning obod maskanga aylanishi mahalla qiyofasini o‘zgartirib, aholi uchun yanada fayzli muhit yaratmoqda.

Deputatlar yashil hududlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va parvarishlash masalalariga alohida to‘xtalib, amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar uchun ham munosib ekologik muhit yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3