35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi ichki yo‘llarda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot mahallasida fuqarolar murojaatlari va "yo‘l xaritalari" ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Termiz tumani IIB boshlig‘ining hisoboti ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi
янв.21
Termiz tumanida qonuniylik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
QONUNNI BILING!
янв.21
Termiz tumanidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari nazoratga olindi
Mustaqil hayot sari ilk qadam: Deputat D.Abdunzarova bitiruvchilarni qutladi

Mustaqil hayot sari ilk qadam: Deputat D.Abdunzarova bitiruvchilarni qutladi

Yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi, Uzun tumanidagi maktablarda ham 2025/2026-o‘quv yilining yakuniy akkordlari yangramoqda.

Bittagina qo‘ng‘iroq ovozi bilan millionlab yoshlar qalbini hayajonga solgan "Qadrdon maktabimga va’dam va qasdim!" shiori ostidagi bitiruv tadbirlari tumanda ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

​Ana shunday shukuhli va unutilmas lahzalardan biri tumandagi 54-sonli umumta’lim maktabida yuqori saviyada tashkil etildi.

​Tadbirda ishtirok etgan Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati D.Abdunzarova so‘zga chiqib, ostonada turgan bitiruvchi yoshlarni, ularga ta’lim-tarbiya bergan zahmatkash ustozlarni hamda farzand kamolini ko‘rish baxtiga musharraf bo‘lgan ota-onalarni qutaladi.