Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi savdo shoxobchalari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat R. Shamanov Qoʻngʻirot mahallasida oʻzini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
#bunyodkorlik

Olmaliq shahrida Mudofaa ishlari bo‘limining zamonaviy talablar asosida to‘liq ta’mirdan chiqarilgan yangi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda shahar hokimligi mas’ullari, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, shahar Kengashi deputatlari Alisher Samadov hamda Muhiddin Abdullayev ishtirok etdilar.

Binoda xodimlarning samarali faoliyat yuritishi, fuqarolar va chaqiriluvchilar bilan ishlash jarayonini sifatli tashkil etish uchun barcha zarur moddiy-texnik baza yaratilgan. Xonalar zamonaviy uslubda ta’mirlanib, axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Ochilish marosimida ishtirok etgan deputatlar yangi bino soha xodimlarining jangovar shayligi va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim maskan bo‘lishini ta’kidlab, jamoaga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

✅ Vatan himoyasi — muqaddas burch, unga munosib sharoit yaratish esa doimiy e'tibordadir!