Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ Termiz tumani bo‘limi rahbari M.Odinayev tomonidan tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda ichimlik suvi ta’minotining bugungi holati yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Hisobotda hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan sohaga oid muammolar yuzasidan savollar berilib, aholini barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.