Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari A.Ro‘ziyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Hisobotda hududda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Deputatlar tomonidan masala yuzasidan savollar berilib, taklif va tavsiyalar bildirildi.