Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Yig‘ilishda tuman boshqaruvi hamda tegishli soha rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Termiz tuman hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – tuman matbuot xizmati rahbarining faoliyati yuzasidan axboroti.
Ekopolitsiya Termiz tumani bo‘limi tomonidan 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazorat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan taqdim etilgan axborot va hisobotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, sohadagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.