Xalqabod MFY Oilaviy Shifokorlik Punkti: Zamonaviy sharoitlar va samarali xizmat
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva hamda bosh mutaxassis K. Abdullayeva bilan birgalikda Xalqabod MFY hududida joylashgan tuman Xalqabod oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurildi.
Mazkur punkt hozirgi kunda 16 000 aholiga xizmat ko‘rsatib, hududdagi barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlangan. Tashrif davomida bemorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmatdan mamnunligi, shuningdek xodimlarning ish faoliyati yuqori samaradorlik bilan olib borilayotganligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, oilaviy shifokorlik punktining zamonaviy jihozlari va qulay sharoitlari aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynayotgani qayd etildi.