Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya davomida deputatlar kun tartibiga kiritilgan 22 ta masalani atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Xususan, tuman hokimining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini oshirish, shuningdek, IIBning tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Deputatlar har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar oldilar. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasi (https://www.youtube.com/channel/UCVg2svceNb87NLkPgACjeqg) orqali jonli efirga (https://youtu.be/bG02q8mlzyM) uzatildi.