Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati S.Ikromov saylangan Sabzipoya MFY hududida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Xususan, ayrim ko‘chalarda o‘rnatilgan transformatorlar to‘liq ishga tushirilmagani hamda sim-kabel tarmoqlari tortilmagani sababli aholi elektr energiyasi kuchlanishining pastligidan aziyat chekmoqda.
Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.