Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.

24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.

🇺🇿24-Po‘latdarxon saylov okrugi deputati D. Marupova hududda gul yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 🇺🇿Uchrashuv davomida issiqxona sharoitida parvarish qilinayotgan turli xil manzarali va mavsumiy gullar, ularni yetishtirish jarayoni hamda realizatsiya tizimi ko‘zdan kechirildi. Tadbirkor tomonidan yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot sifati va bozordagi talab haqida batafsil ma’lumot berildi.

 🇺🇿Muloqot jarayonida sohani yanada rivojlantirish, issiqxona maydonlarini kengaytirish hamda yangi navlarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. Deputat tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 🇺🇿Bunday tashriflar hududda gulchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy mahsulotlar hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4