Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov 11-Sabzipoya saylov okrugidan saylangan deputat S.Ikromov hududida olib borayotgan ishlar mahalla bilan hamkorlik hamda mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishish maqsadida Sabzipoya mahallasi hududiga o‘rganishga chiqildi natijada.

2025 yilda mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlik samarali tashkil etilgani, bu esa hududdagi aholi manfaatlarini himoya qilish va ularning roziligini oshirishga xizmat qildi. Deputatlar mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi xonadonlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha bir qator amaliy ishlarni amalga oshirdi.

Hududdagi fuqarolar, ayniqsa, mahalla yettiligi va deputatlar faoliyati bilan tanishib, deputatlarning hududdagi hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlaridan mamnun ekanliklarini bildirdi. 2025 yilda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shu jumladan ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, aholining murojaatlarini tezkor hal etish kabi yo‘nalishlar samarali natijalar berdi.

Yangi 2026 yilda hamkorlikni yanada rivojlantirish, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini yanada keng qamrovda ta’minlash maqsadida aniq rejalar belgilandi. 

Deputat hududda faoliyatni tizimli tashkil etish, belgilangan reja-grafiklarni sifatli amalga oshirish va aholi murojaatlarini yanada tezkor hal etish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqotlarni kuchaytirish, mahalla yettiligi bilan muntazam maslahatlar o‘tkazish va ijtimoiy loyihalarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 7