Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi

✏️ Saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida kelib tushgan murojaatlar deputat hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Avvalo, deputat tomonidan hudud aholisidan tushgan murojaatlar yana bir bor mahalla yettiligi a’zolariga yetkazilib, ularning mazmun-mohiyati batafsil muhokama qilindi.

⌛️Muhokama jarayonida har bir murojaatning ijro mexanizmi, amalga oshirish tartibi hamda mas’ul ijrochilar belgilab olindi. Shuningdek, avvalo bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar ustuvor yo‘nalish sifatida ajratilib, ular bo‘yicha aniq choralar ko‘rish rejalashtirildi.

Qolgan murojaatlar yuzasidan esa fuqarolarga amaldagi tartib-qoidalar asosida tegishli tushuntirishlar berish, zarur hollarda mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur uchrashuv hududdagi muammolarni tizimli hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 4