Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Firibgarlikka qarshi ogohlik — davr talabi

Firibgarlikka qarshi ogohlik — davr talabi

Bugungi kunda firibgarlik jamiyatimiz uchun jiddiy tahdidlardan biriga aylanmoqda. Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va ularni turli aldov usullaridan himoya qilish maqsadida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

📌 Shu munosabat bilan partiya Namangan shahar Kengashi tomonidan Respublika ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi viloyat hududiy bo‘limida davra suhbati tashkil etildi.

✔️ Tadbirda partiya shahar Kengashi raisi Mirzarahmat Olimov hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Zafarjon Sapayev ishtirok etib, firibgarlikning turli ko‘rinishlari, uning sodir etish usullari va oldini olish choralari xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

❕ Uchrashuv davomida hayotiy misollar asosida fuqarolar ogohlikka chaqirildi hamda huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4