Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 11-Qaqir saylov okrugidan saylangan deputat Yuldasheva Dilafrus Abdullayevna tomonidan hududlarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari o‘rganildi.
Xususan, xonadonma-xonadon xatlovga olish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar, ma’lumotlarni to‘plashdagi texnik va tashkiliy muammolar, shuningdek, aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosi muntazam ravishda monitoring qilib borilishi belgilandi.