Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Oʼzbekiston – Pokiston: yangi “yoʼl xaritasi” – amaliy hamkorlikning mustahkam poydevori.

Oʼzbekiston – Pokiston: yangi “yoʼl xaritasi” – amaliy hamkorlikning mustahkam poydevori.

Joriy yilning 6 fevral kuni Islomobod shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ishtirokida oʼtkazilgan qoʼshma biznes-forum doirasida ikki mamlakat oʼrtasida yangi “yoʼl xaritasi”ning tayyorlanib, imzolangani alohida ahamiyatga ega voqea boʼldi.

Mazkur hujjat, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan muhimdir. Xususan, oʼzaro savdo hajmini oshirish, eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʼyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu esa ikki davlat ishbilarmon doiralari oʼrtasidagi hamkorlikni yanada faollashtiradi.

Ikkinchi muhim yoʼnalish sifatida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishni taʼkidlash joiz. “Yoʼl xaritasi”da Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʼlovchi transport yoʼlaklaridan samarali foydalanish, yuk tashish hajmini koʼpaytirish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish boʼyicha aniq vazifalar belgilangani mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaga xizmat qiladi.

Umuman olganda, mazkur “yoʼl xaritasi” ikki davlat oʼrtasidagi strategik sheriklikni amaliy mazmun bilan boyitib, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi va yangi ish oʼrinlari yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.

Ishonchim komilki, mazkur kelishuvlar xalqlarimiz farovonligi va mintaqamiz barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Rustamjon Isaqov 

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat