Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Kengash raisi va Doimiy komissiya raislari tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan namunaviy Ish rejasi ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi

Kengash raisi va Doimiy komissiya raislari tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan namunaviy Ish rejasi ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi, kotibiyat mudiri va Doimiy komissiya raislari tomonidan 2026-yil uchun yillik ish rejasi ko‘rib chiqildi va keng muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda, deputatlar o‘tgan yilning natijalarini tahlil qilib, doimiy komissiya yig'ilishlari va sessiya jarayonlarida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy va sanoat sohalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tashabbuslar hamda davlat dasturlarining ijrosi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Yig‘ilishda, har bir komissiya raisi o‘zining sohasiga oid masalalar bo‘yicha takliflar bildirdi va ularni sessiya jarayonlarida qamrab olish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birgalikda, Asosiy maqsad – mahallabay yondashuv, aholining kundalik muammolari yechimiga qaratilganlik va sayyor hamda qo‘shma majlislar nazarda tutilishi, doimiy komissiya yig'ilishlari va sessiya jarayonlari samaradorligini oshirish hamda deputatlar bilan muhokama jarayonlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Yillik ish rejasi, tumanning ijtimoiy, iqtisodiy va sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Yig‘ilishda Kengash raisi va komissiya raislari o‘zaro fikr almashib, muhim tashabbuslar va yangi loyihalar ishlab chiqish, shuningdek, mavjud masalalarga samarali yechim topish bo‘yicha bir qator takliflar kiritdilar.

Yig‘ilish yakunida, ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha har bir komissiya raisining takliflari qabul qilinib, yillik ish rejasi doirasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4