Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov tomonidan tumanning “Chep” mahallasi Degriz qishlog‘ida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish jarayonida mazkur mahalladagi aholi yashash hududi hamda maktabga olib boruvchi yo‘lning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik
so‘rovi yuborildi.
 

Deputatlik so‘rovi ijrosi qisqa muddatda ta’minlanib, mahalladagi aholi yashash hududi va maktabga olib boruvchi yo‘lning 1 kilometr qismida toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu yo‘lda asfaltlash ishlari ham
bajarilishi rejalashtirilgan.
 

Mazkur chora-tadbirlar hududda harakat xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi. 

Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati Axborot xizmati 

   

Slide 1 of 3