Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 22-“Shampan” saylov okrugidan saylangan deputat Abdullayev Abdulatif Abdumavlon o‘g‘li “Obod” mahallasida joylashgan 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar hamda pedagog xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotda ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida “Mahalla yettiligi” tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, hududga biriktirilgan profilaktika inspektorining jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa qizil va sariq toifadagi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot jarayonida o‘quvchi-yoshlar va o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5