Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi
янв.21
Murojaatlar ijrosi: aholining elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalasi hal etildi
янв.21
Qong‘irot mahallasi hududida deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Hudud bozoriga tashrif va yoshlar bilan samimiy uchrashuv
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Hafta Yakunlari: Tuman Deputatlarining Faoliyati
янв.21
Deputatlar va mahalla yettiligi hamkorligining 2025 yildagi natijalari va 2026 yil rejasi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi ma’lumotlari asosida hududni o‘rganishdi
янв.21
Deputatlar mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi
Oqoltin tumani “Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv.

 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashiga 19-Tutzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Babayev O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorliginiyanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Mustaqillik” mahallasida mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi. 

 Ushrashuvda mahalla yettiligi va saylovchilar va aholi tomonidan bildirilgan 

1. ko‘kaldosh ko‘chasiga 200 metr izolatsiyalangan elektr simini tortish kerak. 

2.ko‘kaldosh ko‘chasiga oqava suv uchun olib borilayotgan ichki suv tarmog‘i (biton ariqcha) qurish ishlarini oxirigacha yetkazish. 

3.Mustaqillik MFY Go‘zalik ko‘chasidan mahalla markaziga o‘tish uchun asosan maktabga qatnovchi o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Guliston-Gagarin yo‘nalishidagi yo‘lining qatnov qismiga "piyodalar utish belgisi" (zebra) chizig‘i chizish kerak. 

Yuqoridagi muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi. 

   

Slide 1 of 5