Shuningdek, mahalla hududida amalga oshirilayotgan davlat dasturlaridan samarali foydalanish, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish zarurligini ta’kidladi.
Avval o‘tkazilgan uchrashuvlarda mahalla hududidagi ayrim ko‘chalarda elektr simyog‘ochlarni almashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar asosida bu muammolar yuzasidan amaliy yechimlar bo‘lganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, bu galgi uchrashuvlarda aholi tomonidan bildirilgan fikrlar inobatga olinib, kelgusida ularni hal qilish bo‘yicha amaliy yordam berilishi aytildi.