Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Kengash_faoliyatiga_oid_hujjatlar ❗️Yoshlar maslahat guruhi: maqsad va asosiy vazifalar
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish choralari o‘rganildi
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-oktabr — 17-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Termiz shahrida yo‘l belgilarining ko‘rinishi va harakat xavfsizligi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
“Yoshlar maslahat” guruhi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ichimlik va oqava suv ta’minoti: amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va sayyor qabullar tashkil etilishi muhokama qilindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi muhokama qilindi
Termiz shahrida yo‘l belgilarining ko‘rinishi va harakat xavfsizligi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Termiz shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasining holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlari davomida shahar markaziy ko‘chalarida o‘rnatilgan ayrim yo‘l belgilarining ko‘rinishi daraxtlarning o‘sib ketgan shox-shabbalari bilan to‘silib qolayotgani aniqlandi. Ushbu holat haydovchilarning yo‘l belgilaridagi talablarni o‘z vaqtida ko‘rishi va to‘g‘ri anglashiga to‘sqinlik qilishi, natijada yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Kengashning ekspert guruhi rahbari, 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov tomonidan Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Saribayevga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda shahar markaziy ko‘chalaridagi yo‘l belgilarining ko‘rinishiga xalaqit berayotgan daraxt shox-shabbalarini aniqlash, ularni belgilangan tartibda tartibga keltirish, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish so‘raldi.

Asosiy maqsad — yo‘l belgilarining doimiy ravishda ko‘rinib turishini ta’minlash, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini oshirish hamda shahar ko‘chalarida harakatlanish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tegishli mas’ullarning amaliy choralar ko‘rishi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.