Termiz shahrida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda yoshlarning fikr va takliflarini o‘rganish, ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.Hasanov bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida guruh faoliyatining bugungi holati, uning samaradorligini oshirish, yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ushbu masalalar yuzasidan aniq va amaliy takliflar ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularning jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda “Yoshlar maslahat” guruhi a’zolarining faolligini oshirish, yoshlar va Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar muammolarini o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni ilgari surishda guruh imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida guruh faoliyatini yanada takomillashtirish, a’zolarning tashabbuskorligini kuchaytirish hamda yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy taklif va loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Zero, yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash — ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, kelajakka ishonchini mustahkamlash va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari uchun imkoniyat yaratish demakdir.