Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida mahalla raisi faoliyati deputatlik nazoratida
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Abdurahmon Jomiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar tashkil etilishi deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati Manguzar mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Abdurahmon Jomiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Mahallalarda aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi X.Xolmuminov, shahar Kengashi deputati Sh.Allamuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Abdurahmon Jomiy” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, mazkur yo‘nalishlarning 4-bandida belgilangan — hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari yuzasidan mahalladagi mavjud holat o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bilan ishlash faoliyati, xonadonbay o‘rganishlar asosida oilalarning muammolarini aniqlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, kambag‘al oilalarni aniqlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejalarni shakllantirish, ishsiz fuqarolarni doimiy yoki mavsumiy ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘mak ko‘rsatish kabi yo‘nalishlardagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholining daromadlarini oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga kredit va boshqa moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, tomorqa va boshqa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazilib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari, mavjud muammolar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholining muammolarini faqat aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, har bir xonadon bo‘yicha aniq natijaga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish, oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish va ularni kambag‘allik holatidan chiqarishning samarali mexanizmlaridan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganish hokim yordamchisi faoliyatining samaradorligini tahlil qilish, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni joyida bartaraf etishga qaratildi.

Slide 1 of 1