Qonun ijrosi o‘rganildi
🌐Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda Kengash deputati U. Allaberganov tomonidan fermer xo‘jaliklariga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 2-fevraldagi O‘RQ-903-sonli “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproqni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda qonun talablariga rioya etilishi holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining ijrosini ta’minlash hamda yer va tuproq resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.