📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov tomonidan Olmos mahallasida qurilayotgan yangi sport va bolalar maydonchalarining qurilish jarayoni o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, maydonchalarda bolalar va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda o‘rnatilayotgan sport jihozlarining sifatiga e’tibor qaratildi.
✅ Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish va aholi, ayniqsa yoshlar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Yangi sport maydonchalari — sog‘lom avlod va faol mahalla sari muhim qadam!