📌Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 339-sonli umumta’lim maktabida ko‘tarinki ruhda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
❗️Ushbu qutlug‘ tadbirda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov ishtirok etib, o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy qutladi.
✅Deputat o‘z so‘zida yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, chuqur bilim egallashi va Vatan ravnaqi uchun munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishi muhim ekanligini ta’kidladi.
📚Ayniqsa, bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan birinchi sinf o‘quvchilari uchun yangi va mas’uliyatli hayot bosqichi boshlandi.