35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahar Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida Ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ-1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi!
янв.21
Infratuzilma loyihalari ijrosi: Deputat nazorati davom etmoqda
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida fuqaroning ijtimoiy xizmatlarga doir murojaati tinglandi!
янв.21
"Temiryo‘lchi" mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi!
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar ta’miri: manzilli dastur ijrosi deputatlar nazoratida
"Saxovat" mahallasida Ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ-1159-sonli Qonun doirasida tahlil qilindi!

Termiz shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizning og‘irini yengil qilish hamda mahallalarda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yangi qonunchilik mezonlari asosida o‘rganish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, mahalla Ijtimoiy xodimining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil va muloqot tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini mahalla miqyosida samarali va adolatli ta’minlashga qaratildi.

Suhbat va o‘rganish davomida Ijtimoiy xodim tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan amaliy va moddiy yordamlar tahlil qilindi:

• Maktab formasi uchun vaucherlar: Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6 nafar o‘quvchiga jami 2 million 60 ming so‘mlik maktab formasi xaridi uchun maxsus vaucherlar ajratildi;

• Manzilli oziq-ovqat ko‘magi: Ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1 ta ehtiyojmand oilaga jami 412 ming so‘mlik birinchi ehtiyoj uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami yetkazib berildi.

X.Jurayev: "Yangi Qonun — ijtimoiy xizmatlarning manzilli va adolatli bo‘lishini kafolatlaydi!"

"‘Ijtimoiy ish to‘g‘risida’gi O‘RQ-1159-sonli Qonunning qabul qilinishi mahallada ijtimoiy xodimlarimizning mas’uliyatini va imkoniyatlarini yanada oshirdi. 'Saxovat' mahallasida 6 nafar o'quvchining maktab formasi bilan ta'minlanishi hamda ehtiyojmand oilaga ko'rsatilgan oziq-ovqat yordami — bu qonun ijrosining amaldagi kichik bir samarasidir. Deputat sifatida har bir ehtiyojmand fuqaro davlat g'amxo'rligini his etishi uchun nazoratni davom ettiramiz," — deya ta'kidladi deputat.

"Saxovat" mahallasida ijtimoiy reabilitatsiya, ehtiyojmandlarni "Ijtimoiy reyestr" orqali qo‘llab-quvvatlash hamda har bir xonadonga manzilli kirib borish ishlari deputatlik nazoratida bo‘ladi.