35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida muntazam ravishda nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda. Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamarudova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Bog‘ishamol” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mahalla raisi J.Xudoyberdiyev ishtirokida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha tahlil qilindi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, hududdagi ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida mahalladagi ko‘cha boshi M.Mavlonova bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud holat, aholi murojaatlari va ko‘chada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, ularning bartaraf etilishi va ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur nazorat tadbirlari hududlarda ishlarni tizimli tashkil etish, aholi murojaatlariga e’tibor qaratish hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 7