35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
янв.21
Mahalladagi ishlar va aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.21
SUV TA’MINOTI OG‘IR HUDUDLARDA AHOLI TOMORQALARI VA YER MAYDONLARIGA SUV CHIQARISH ISHLARI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik
янв.21
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputatlik nazorati doirasida “Eskishahar” mahallasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida

Mahalla vakillari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov okrugiga qarashli “Baynalminal” mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida yoshlar yetakchisi bilan batafsil suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalladagi yoshlar kontingenti, ular bilan olib borilayotgan individual ishlar, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand yoshlar bilan ishlash, bandligi ta’minlanmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, muammoli toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.