35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Manzilli dastur ijrosi — deputat nazoratida
янв.21
Deputat va fuqarolar: muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Mahallada hududni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorati: “Bog‘ishamol” mahallasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: 11-sonli maktabdagi holat nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi ishlar deputatlar nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi deputatlar e’tiborida
PARKLAR VA XIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI. “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI.

Parkent tumanida hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun munosib va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Jumladan, tumandagi “Qo‘shchinor” bog‘i hududida bunyod etilayotgan zamonaviy “Yoshlar markazi” qurilishi bilan bir qatorda, uning atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, aholi va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish, bolalar maydonchalarini tashkiletish kabi ishlar ham ko‘zda tutilgan.Mazkur obyektning qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati,belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.O‘rganish davomida mas’ul loyihachi, buyurtmachi tashkilot vakillari hamda quruvchi tashkilot ish boshqaruvchisi N.Eshmatov bilan muloqot qilinib, obyektning bugungi holati, qurilish ishlarining borishi, bajarilish sifati va belgilangan muddatlar yuzasidan ma’lumotlar olindi. Shuningdek, qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.Nazorat jarayonida qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha va texnik talablar asosida olib borilishi, ishlarning belgilangan sur’atlarda bajarilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mas’ullar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra,aynivaqtda “Yoshlar markazi” qurilishida 57 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.Qurilish ishlari tasdiqlangan reja asosida davom ettirilayotgani, obyektni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan qurilish jarayonida amaldagi me’yor va standartlarga qat’iy rioya qilish, bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash, qurilishni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda ajratilgan mablag‘lardan oqilona va maqsadli foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur jamoatchilik nazorati hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatli va samarali tashkil etilishini ta’minlash, aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5